1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Sport

Muhammadali O‘rinboyev Belgiyaning “Antverpen” klubiga o’tdi

“Paxtakor” futbol klubi hujumchisi Yevropa jamoasi bilan 2029-yilning 30-iyuniga qadar shartnoma imzolagan.

Muhammadali O‘rinboyev Belgiyaning “Antverpen” klubiga o’tdi

“Paxtakor” futbol klubi hujumchisi Muhammadali O‘rinboyev professional faoliyatini Yevropada davom ettiradi. 20 yoshli futbolchi Belgiyaning “Antverpen” jamoasi bilan 2029-yilning 30-iyuniga qadar mo‘ljallangan shartnoma imzolagan. Bu haqda klubning matbuot xizmati rasmiy bayonot bergan.

 

Muhammadali O‘rinboyev 2024-yilgi mavsumda “Paxtakor” safida 14 ta rasmiy uchrashuvda ishtirok etib, 5 ta gol muallifi bo‘lgan hamda 3 ta golli uzatma bergan. U jamoaning asosiy tarkibidagi ishonchli o‘yinchilardan biri sifatida tanilgan.

 

Ma’lumot uchun, “Antverpen” — Belgiyaning eng yirik futbol klublaridan biri bo‘lib, hozirgacha 5 marotaba mamlakat chempionligini qo‘lga kiritgan. Klub Yevropa miqyosida ham faol ishtirok etib kelmoqda.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика