1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Musiqa va jismoniy tarbiya o‘qituvchilari uchun yangi rag‘bat tizimi joriy etildi

B+ va undan yuqori sertifikatga ega musiqa va jismoniy tarbiya o‘qituvchilari oylik ish haqiga ustama oladi.

Musiqa va jismoniy tarbiya o‘qituvchilari uchun yangi rag‘bat tizimi joriy etildi

O‘zbekistonda musiqa madaniyati va jismoniy tarbiya yo‘nalishidagi o‘qituvchilarning kasbiy mahoratini e’tirof etish tizimi kengaymoqda. Hukumat qaroriga muvofiq, ushbu fanlar bo‘yicha B+ va undan yuqori darajadagi sertifikat olgan pedagoglarga oylik ish haqiga qo‘shimcha ustama to‘lanadi.

 

Mazkur tartib Bilim va malaka baholash agentligi tomonidan amalga oshiriladi. Sertifikatlar amaliy hamda test sinovlari asosida uch yil muddatga elektron shaklda beriladi. Baholash mezonlariga ko‘ra, A+ — 70 ball va undan yuqori, A — 65–69,9, B+ — 60–64,9, B — 55–59,9, C+ — 50–54,9, C — 46–49,9 ball to‘plagan o‘qituvchilar sertifikat egasiga aylanadi.

 

Rasmiylar ta’kidlaganidek, ushbu tizim o‘qituvchilarni o‘z ustida muntazam ishlashga undaydi, ta’lim sifati va o‘quvchilarning ijodiy hamda jismoniy rivojlanishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика