Yoshi ulug‘lar aytganidek, qiz bolaning baxti, avvalo, onasidan olgan tarbiyaga bog‘liq. Chunki, qiz bolani baxt yo‘liga yetaklaydigan ilk murabbiy - onadir.
Jalaquduq tumanida yashovchi M.M. oilaviy kelishmovchilik sababli turmush o‘rtog‘i D.X.ning uyidan chiqib ketishga majbur bo‘lgan. Biroq, qizalog‘ini olib ketolmagach, fuqarolik ishlari bo‘yicha Xo‘jaobod tumanlararo sudiga murojaat qildi va bolaning ona parvarishiga muhtojligini inobatga olib, daʼvogarning talabini qanoatlantirdi.
Byuroning Jalaquduq tuman bo‘limi xodimlari tomonidan 9 yoshli qizaloqni onasi tarbiyasiga olib berish ijro hujjati yuzasidan ijro harakatlari olib borildi. Mutasaddi idora vakillari bilan hamkorlikda qizaloq onasi M.M. tarbiyasiga topshirildi.


