Mashhur CNN Travel portali dunyodagi 50 ta eng yaxshi non ro‘yxatini eʼlon qildi va unda o‘zbek noni ham munosib o‘rinni egalladi.
Qayd etilishicha, o‘zbek nonlari nafaqat mazali, balki o‘zining go‘zal bezaklari bilan ham ajralib turadi.
“Gullar, naqshlar va maxsus shtamplar bilan bezatilgan o‘zbek nonlari anʼanaviy tandirlarda tayyorlanadi. Har bir hudud — Toshkentdan Samarqandgacha o‘ziga xos maza va shaklga ega” — deb yozadi CNN Travel.
Ro‘yxatda dunyoning eng yaxshi nonlari qatoriga Armaniston lavashi, Italiyaning fokachchiyasi, Fransiya bagetlari, Gurjistonning xachapurisi, ruslarning karavayi va Yaponiyaning melonpani ham kiritilgan.


