1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

“Xalq ko‘rib turibdi”: Samarqand hokimi rahbarlarni pora olmaslikka chaqirdi

Hokim rahbarlar halol ishlash bo‘yicha boshqalarga namuna bo‘lishi kerakligini aytib, ularni ogohlantirgan.

“Xalq ko‘rib turibdi”: Samarqand hokimi rahbarlarni pora olmaslikka chaqirdi

15-oktyabr kuni Samarqand viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi Adiz Boboyev rahbarligida korrupsiyaga qarshi kurashish va davlat organlari faoliyatida ochiqlikni kuchaytirishga qaratilgan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

 

Adiz Boboyev korrupsiya aholining davlat hokimiyatiga bo‘lgan ishonchini susaytiruvchi illat ekanini taʼkidlab, bunda har bir rahbar halol ishlash bo‘yicha namuna ko‘rsatishi kerakligini aytdi.

 

“Qachon biz to‘xtatamiz bu korrupsiyani? Oyliklar oshgan bo‘lsa, olayotgan ishi uchun daromadlar yomon bo‘layotgan bo‘lmasa, bu rahbarlar agar shu ishni qilayotgan bo‘lsa, qolganlar keyin “falonchi oldi-ku, mening boshlig‘im”, deydi. “Men nima uchun olmasligim kerak ekan?” deydi. Keyin u ham qo‘shiladi, so‘ng uchinchisi qo‘shiladi, keyin to‘rtinchisi qo‘shiladi. Bo‘ldi, shu bilan hamma viloyatdan boshlab to tuman, mahallagacha hammasi pastga tushguncha to‘liq ketaveradi. Chunki tepadan boshlandimi, pastga qarab davom etadi.

 

Xalq ko‘rib turibdi. Sizlar nima deb o‘ylaysizlar, xalq bilmaydi, debmi? Xalq hammasini bilib o‘tiribdi. Hammasini ko‘rib o‘tiribdi. Kim qanday qilib uy qilgan, kim qanday qilib mashina olgan. Bilmaydi deysizlarmi xalq? Hamma biladi. Hamma o‘ziga xulosa qilib olsin”, degan Adiz Boboyev.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика