1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Namanganda terroristik tashkilot ta’siriga tushgan 21 kishi qo‘lga olindi

Ulardan ikki nafari yashirincha nikohdan o‘tib, jangovar harakatlar olib borilayotgan hududlarga hijrat qilishni rejalashtirgan.

Namanganda terroristik tashkilot ta’siriga tushgan 21 kishi qo‘lga olindi

Namangan viloyatida “Islom davlati” terroristik tashkiloti g‘oyalari ta’siriga tushgan 21 nafar shaxs qo‘lga olindi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati (DXX) xabar berdi.

 

Ma’lum qilinishicha, Pop tumanida yashovchi bir fuqaro ijtimoiy tarmoqlarda noqonuniy kanallar ochib, terroristik g‘oyalarni targ‘ib qilgan. U Janubiy Koreyada ishlayotgan Farg‘ona viloyatidagi boshqa bir shaxs bilan aloqa o‘rnatib, uning virtual ta’sirida noqonuniy faoliyatga qo‘shilgan.

 

Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, ushbu shaxslar yaqin qarindoshlari va mahalladoshlarini ham guruhga jalb qilib, ekstremistik materiallar — qonli jangariliklar, qatllar sahnalari va davlat tuzumiga qarshi chaqiriqlarni tarqatgan. Ma’lumotga ko‘ra, ulardan ikki nafari yashirincha nikohdan o‘tib, ota-onalariga bildirmasdan jangovar harakatlar olib borilayotgan hududlarga hijrat qilishni rejalashtirgan.

 

Qo‘lga olinganlardan biri qilgan ishlari uchun pushaymonligini bildirgan. U “terrorchilarning materiallarini tarqatganini, Misrga borib ‘ilm olish’ va keyinchalik jihod qilishni rejalashtirganini”, ammo bu yo‘lning xato ekanini anglaganini ta’kidlagan.

 

Hozirda 4 nafar yetakchiga nisbatan Jinoyat kodeksining 244-1 va 244-2-moddalari bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Ularning 2 nafari qamoqqa olingan, qolgan 17 kishi bo‘yicha tergov harakatlari davom etmoqda.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика