1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Toshkent ko‘chalari bo‘ylab odamlarga tashlangan buqa otib o‘ldirildi

Hodisa natijasida IIBB xodimlaridan biri qoramoldan olgan jarohatlari bilan shifoxonaga yotqizilgan.

Toshkent ko‘chalari bo‘ylab odamlarga tashlangan buqa otib o‘ldirildi

Chilonzor tumanida qushxonadan qochib chiqqan buqa odamlar uchun xavf tug‘dirdi va ichki ishlar xodimlari tomonidan otib o‘ldirildi.

 

Ichki ishlar bosh boshqarmasi (IIBB) xabariga ko‘ra, tungi soatlarda Bektupi mahallasidagi qushxonalardan biridan qora mol ko‘chaga chiqib ketgan.

 

Hayvon ko‘chaga chiqqach, bir kishini suzib, unga tan jarohati yetkazgan.

 

Shu sababli chaqiruv asosida yetib kelgan IIBB xodimlari buqani odamlar uchun xavf tug‘dirmasligi maqsadida otib o‘ldirgan.

 

Mazkur hodisa natijasida ichki ishlar xodimlaridan biri qoramoldan olgan jarohatlari bilan shifoxonaga yotqizilgan.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика