1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Navoiy aholisi oltingugurtdan yoppasiga zaharlandimi?

Taraqalayotgan xabarlarga Ekologiya boshqarmasi oydinlik kiritdi.

Navoiy aholisi oltingugurtdan yoppasiga zaharlandimi?

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan “Navoiy aholisi oltingugurtdan yoppasiga zaharlandi” mazmunidagi xabarlarga Navoiy viloyati Ekologiya boshqarmasi aniqlik kiritdi.

 

Boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan tekshiruvlarda “Sog'da Kimyo Zavod” MCHJ ishlab chiqarish faoliyatini davlat ekologik ekspertizasi xulosasisiz olib borayotgani aniqlangan. Shu sababli 2025-yil 22-iyul kuni Karmana tumanlararo iqtisodiy sudiga da’vo arizasi kiritilgan.

 

Mazkur sudning 2025-yil 3-sentabrdagi qaroriga ko‘ra, korxonaning uchta sexi faoliyati vaqtinchalik to‘xtatilgan. Ushbu qaror 2025-yil 23-sentabr kuni Navoiy viloyati iqtisodiy sudida ko‘rib chiqilib, o‘zgarishsiz qoldirildi. Hozirda sud qarorini majburiy ijro etish bo‘yicha viloyat Majburiy ijro byurosiga tegishli hujjatlar taqdim etilmoqda.

 

Bundan tashqari, 2025-yil 1-oktabr kuni Navoiy viloyati iqtisodiy sudida “Navoiyazot” AJning 23-sexi (Ammiak) faoliyatini vaqtinchalik to‘xtatish yuzasidan qaror qabul qilindi.

 

Viloyatda o‘tkazilgan nazorat tadbirlarida jami 22 ta sanoat korxonasi tomonidan ekologik talablar buzilgani aniqlanib, ularning faoliyatini vaqtinchalik to‘xtatish bo‘yicha iqtisodiy sudlarga murojaatlar kiritildi. Shuningdek, noqonuniy qurilgan 92 ta ohak pishirish xumdonlari aniqlanib, tegishli tashkilotlar ishtirokida to‘liq buzdirildi.

 

Ko‘rilgan chora-tadbirlar aholining ekologik xavfsizligini ta’minlash, atmosfera havosini yaxshilash va sog‘liq uchun zararli omillarni bartaraf etishga qaratilgan.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика