YHXX xodimlari haydovchilik guvohnomasiga bo‘lmasdan skuter haydagan fuqarolarga nisbatan maʼmuriy jarima rasmiylashtirishni boshladi.
Avvalroq 1 oktabrdan boshlab foydalanishda bo‘lgan moped va skuterlar faqat davlat raqam belgisi va “A” toifadagi haydovchilik guvohnomasi bilan boshqarish shart ekanligi maʼlum qilingandi.
Hozirda ushbu talablarga eʼtiborsiz bo‘lib, moped yoki bo‘lmasa skuterlarni “A” toifadagi haydovchilik guvohnomasi hamda davlat raqamisiz boshqarayotgan haydovchilarning ulovlari jarima maydoniga joylashtirilmoqda.


