Farg‘ona viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabandaga qarshi kurashish va bojxona auditi bo‘limi xodimlari tomonidan “Farg‘ona-Qo‘qon” yo‘nalishida harakatlanayotgan fuqaro X.A. boshqaruvidagi “Orlando” rusumli avtomashina kuzatuvga olingan.
Kuzatuv davomida avtomashinadagi sumkada xorijda ishlab chiqarilgan va tegishli hujjatlari bo‘lmagan, umumiy qiymati 135 million so‘mlik jami 1000 dona “Tramadol Lannaxer 50 mg” hamda 100 dona “Tropikamid 10ml” nomli kuchli taʼsir qiluvchi dori vositalari borligi aniqlandi.
Hozirda mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Avvalroq taqiqlangan giyohvand moddasi blok-postda ushlab qolingani, Namanganda “Lacetti”dan hujjatsiz 80 million so‘mlik dori-darmon topilgani hamda Chilonzorda psixotrop dori vositalarini noqonuniy sotayotgan dorixona aniqlangani haqida xabar berilgandi.
Munojat Valiyeva


