1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Obodonlashtirish sohasida ishlaydigan xodimlarning farzandlariga kontrakt to'lab beriladi

10 yildan ortiq tozalik sohasida xizmat qilgan xodimlar o‘rtasida “Tabiat uyg‘unligi himoyachisi” tanlovi o‘tkaziladi.

Obodonlashtirish sohasida ishlaydigan xodimlarning farzandlariga kontrakt to'lab beriladi

O‘zbekistonda sanitar tozalash va obodonlashtirish sohasida ko‘p yillar fidokorona xizmat qilib kelayotgan xodimlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida maxsus tanlov yo‘lga qo‘yildi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi xabar berdi.

 

Tanlovda chiqindilarni yig‘ish, tashish, saralash hamda shahar va qishloqlarda tozalikni ta’minlashda kamida 10 yil mehnat qilgan ishchilar qatnashadi. “Tabiat uyg‘unligi himoyachisi” nomli tanlovning navbatdagi bosqichi 2025-yil 1-sentabrda boshlanib, g‘oliblar 8-dekabr — Konstitutsiya kuni arafasida aniqlanadi.

 

Eng muhim jihati shundaki, g‘oliblarning oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilingan farzandlari va nabiralarining kontrakt to‘lovi davlat tomonidan qoplab beriladi. Bu nafaqat xodimlarni moddiy qo‘llab-quvvatlash, balki ularning oilalari uchun katta rag‘bat bo‘lishi kutilmoqda.

 

Tanlov soha xodimlarining qadr-qimmatini yuksaltirish, ekologik madaniyatni targ‘ib qilish va chiqindilarni boshqarish tizimini yanada samarali qilishga xizmat qiladi. Ishtirok etishni istaganlar 2025-yil 30-sentabrgacha Chiqindilarni boshqarish va sirkulyar iqtisodiyotni rivojlantirish agentligiga ariza topshirishi mumkin.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика