O‘tgan yilda O‘zbekiston Respublika valyuta birjasida savdolarning umumiy hajmi rekord daraja - 706,79 trillion so‘mga yetdi.
O‘zRVB valyuta bozorida AQSH dollari, yevro, Rossiya rubli va Xitoy yuani oldi-sotdisi bo‘yicha spot operatsiyalari O‘zRVB tomonidan ishlab chiqilgan “Rhombus” platformasida “koll-auksion” hamda ikki tomonlama uzluksiz auksion zamonaviy usullari orqali amalga oshiriladi.
2022-yilda jami 87,29 trillion so‘m qiymatida davlat qimmatli qog‘ozlari joylashtirilgan bo‘lib, 2021-yilga nisbatan ushbu ko‘rsatkich 3,5 barobar oshdi.
Shuningdek, o‘tgan yilda O‘zRVB platformasida ilk bor inflyatsiyaga bog‘langan davlat qimmatli qog‘ozlari joylashtirildi.


