1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Sport / 
  4. O‘zbek bokschilaridan g‘alabali yurish

18:11 / 17.12.2021

1.3k

O‘zbek bokschilaridan g‘alabali yurish

O‘zbek bokschilaridan g‘alabali yurish

Bugun Toshkent shahrida professional boks oqshomi o‘tkazildi.

 

Unda bir qator nomdor bokschilarimiz jang olib borishdi. Xususan, kechaning birinchi jangida Dilshodbek Ro‘zmetov rossiyalik Maksim Smirnovni 6 raundlik to‘qnashuvda ochkolar evaziga mag‘lub etdi. Ikkinchi jangda эса Iqboljon Xoldorov belaruslik Dmitriy Miliushani 1-raunddayoq nokautga uchratishga muvaffaq bo‘ldi.

 

Yana bir hamyurtimiz Elnur Abduraimov Filippin vakili Jon Geminoni 6-raundda nokautga uchratgan bo'lsa, Bektemir Meliqo‘ziyev rossiyalik Sergey Yekimovdan 8 raundlik jangda ochkolar hisobi bo‘yicha ustun keldi.

 

So‘nggi jahon chempionati ishtirokchilari Hasanboy Do‘smatov va Shahram G‘iyosovlar ham o‘zlarining navbatdagi g‘alabalarini qo‘lga kiritishdi.

 

Kechaning asosiy bahsida hamyurtimiz Isroil Madrimov fransuz Mishel Soroga qarshi chempionlik kamari uchun eliminator jangini o‘tkazdi. Jangning 9-raunddida vakilimiz raqibi ustidan nokaut evaziga g‘alaba qozondi.

 

Jamshidbek Amirov

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика