1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

O‘zbekiston Afg‘onistonga qariyb 300 tonna insonparvarlik yordami yubordi

Zilzilada talafot ko‘rgan Kunar va Nangarhor aholisi uchun oziq-ovqat hamda dori-darmon yetkazildi.

O‘zbekiston Afg‘onistonga qariyb 300 tonna insonparvarlik yordami yubordi

Afg‘onistonning sharqiy hududlarida 1-sentyabrga o‘tar kechasi ro‘y bergan zilzila oqibatida minglab odamlar halok bo‘ldi va jarohatlandi. Fojia ortidan Prezident Shavkat Mirziyoyev topshirig‘iga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi qo‘shni mamlakat aholisi uchun insonparvarlik yordamini jo‘natdi.

 

Balx viloyatiga yetkazilgan yordam tarkibida un, guruch, shakar, yog‘, makaron, qandolat mahsulotlari, tez tayyor taomlar, qizil loviya va mosh, qadoqlangan ichimlik suvi bor. Shuningdek, 5 ming dona yoping‘ich, 10 tonnadan ortiq dori vositalari hamda tibbiy buyumlar ham yuborildi. Yuklarning umumiy og‘irligi qariyb 300 tonnani tashkil etdi.

 

Hayraton shahrida o‘tkazilgan topshiruv marosimida O‘zbekiston Prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili Ismatilla Ergashev, Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov, Balx viloyati rasmiylari va boshqa mutasaddilar ishtirok etdi. Afg‘oniston tomoni O‘zbekiston rahbariyati va xalqiga minnatdorlik izhor qildi.

 

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, zilzila oqibatida 2200 dan ortiq odam halok bo‘lgan, 3600 ga yaqin kishi jarohat olgan. Eng ko‘p talafot Kunar viloyatining Nurgul, Savki, Chapa-Dara va Manogi tumanlarida qayd etilgan.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика