1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

O‘zbekiston elchisi Fransiya prezidentiga ishonch yorliqlarini topshirdi

Rasmiy marosim doirasida bo‘lib o‘tgan suhbatda Fransiya prezidenti Toshkent va Parij o‘rtasidagi ikki tomonlama munosabatlar holati va istiqbolini yuksak baholadi.

O‘zbekiston elchisi Fransiya prezidentiga ishonch yorliqlarini topshirdi

Fransiya prezidenti Emmanuel Makron 2023 yil noyabr oyida Samarqandga buyurgan rasmiy tashrifini iliq taassurotlar bilan eslab, oliy darajadagi siyosiy muloqotni davom ettirish va O‘zbekiston bilan do‘stlik aloqalarini yana-da rivojlantirish tarafdori ekani taʼkidladi.

 

Fransiya yetakchisiga O‘zbekiston elchisi bilan bir qatorda yana 20 ta xorijiy mamlakatlarning elchilari o‘z ishonch yorliqlarini topshirdilar.

 

Fransiya prezidenti elchilarni ushbu lavozimga kirishishlari bilan tabriklab, ularga ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirish borasidagi diplomatik faoliyatlarida ulkan zafarlar tiladi.

 

Maʼlumot uchun, Nodir G‘aniyev 13 iyul kuni Parij shahriga O‘zbekistonning yangi elchisi sifatida yetib kelgandi. U shu kunga qadar O‘zbekistonning Shvetsiyadagi birinchi favqulodda va muxtor elchisi lavozimida ishlagan.

 

Nodir G‘aniyev 53 yoshda. Toshkent davlat sharqshunoslik universitetini tamomlagan. 1994 yildan buyon Tashqi ishlar vazirligi tizimida faoliyat yuritib kelmoqda. U markaziy apparatda va mamlakatning xorijdagi diplomatik vakolatxonalarida turli lavozimlarda ishlagan.

 

Shvetsiyaga elchi bo‘lib tayinlanishidan oldin TIVning Yevropa mamlakatlari va Yevropa Ittifoqi institutlari bilan hamkorlik boshqarmasiga rahbarlik qilgan.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика