1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

“Ukraina urush yoki muzokara yo‘lini tanlashi kerak”

AQSH Davlat kotibi Ukrainadagi vaziyat haqida gapirdi.

“Ukraina urush yoki muzokara yo‘lini tanlashi kerak”

Entoni Blinkenning so‘zlariga ko‘ra, Vashingtonning hozirgi maqsadi – Ukraina va AQSHning kelgusi maʼmuriyatini 2025 yilda Kreml bilan ehtimoliy tinchlik muzokaralari boshlanishidan oldin imkon qadar qulayroq pozitsiyaga olib borish.

 

"Bu esa Ukraina jang maydonida o‘z pozitsiyasini mustahkamlashga harakat qilishi, pul, o‘q-dorilar va mobilizatsiya salohiyatiga ega bo‘lishi kerakligini anglatadi", – deb tushuntirdi Davlat departamenti rahbari.

 

Blinkenning so‘zlariga ko‘ra, aynan ukrainaliklar kurashni davom ettirish yoki muzokaralar o‘tkazish yu, shuningdek, o‘t ochishni to‘xtatishga harakat qilish haqidagi asosiy qarorni qabul qilishlari kerak.

 

"Eng asosiy savol shundaki, Rossiya bunday adolatli yondashuvga tayyor yoki yo‘qligida. Rossiya armiyasining jang maydonidagi yo‘qotishlari juda katta, ammo Putin hanuzgacha yosh yigitlarni “o‘zi ishlab chiqargan go‘sht qiymalagichga” tashlashda davom etmoqda", — deya qo‘shimcha qildi davlat kotibi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика