Hozirgi paytda O‘zbekiston Boku portida o‘z terminalini qurish bo‘yicha ishlarni olib bormoqda. Transport vaziri o‘rinbosari Bekzod Xolmatov O‘zbekiston importchilari Boku porti bilan hamkorlik qilishdan manfaatdor ekanini va mineral o‘g‘itlar terminalini uzoq muddatga ijaraga olishni yoki uni yaratishga sarmoya kiritishni maqsad qilganini aytdi.
"O‘zbekiston ham Ozarbayjon bilan birgalikda kema qurish loyihalarida ishtirok etishdan manfaatdor. Toshkent bu borada boshqa davlatlar bilan hamkorlik qilishga tayyor" – degan transport vaziri o‘rinbosari.


