2025-yil 24-sentabr kuni mamlakatda oltin quymalarining qiymati yangi tarixiy cho‘qqiga chiqdi.
Markaziy bank ma’lumotlariga ko‘ra, bir gramm oltin narxi 1 535 840 so‘mni tashkil etdi. Bu ko‘rsatkich 23-sentyabr narxidan 0,9 foizga yuqori.
5 grammli quymalar narxi – 7 mln 679 ming so‘m (70 so‘mga ko‘tarildi)
10 grammli quymalar narxi – 15 mln 358 ming so‘m
20 grammli quymalar narxi – 30 mln 717 ming so‘m
50 grammli quymalar narxi – 76 mln 792 ming so‘m
100 grammli quymalar narxi – 153 mln 584 ming so‘m.
Ma’lumot o‘rnida, 2025-yil boshidan buyon oltin narxi mamlakatda 32 marotaba rekord darajaga chiqqan bo‘lib, umumiy o‘sish 35,6 foizni tashkil etmoqda.


