1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Farg‘onada fuqarolarni aldab 1,2 mlrd so‘m kredit olgan shaxs qo‘lga olindi

Firibgar avtokredit bahonasida 6 fuqaroni chuv tushirgan.

Farg‘onada fuqarolarni aldab 1,2 mlrd so‘m kredit olgan shaxs qo‘lga olindi

Bosh prokuratura departamenti xabariga ko‘ra, Qo‘qon shahrida fuqarolarning ishonchini suiiste’mol qilish orqali katta miqdorda mablag‘ qo‘lga kiritgan shaxsga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

 

Tekshiruv davomida u 6 nafar fuqaroni aldab, avtomashina sotib olish uchun ularni kredit rasmiylashtirishga ko‘ndirganligi aniqlangan. Natijada jami 1,2 milliard so‘m kredit mablag‘i olingan. Mazkur pullar hisobidan 8 ta avtomobil xarid qilingan va keyinchalik uchinchi shaxslarga sotilgan. Olingan daromad esa shaxsiy ehtiyojlarga sarflangan.

 

Holat yuzasidan unga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Qonunchilikka ko‘ra, ushbu qilmish uchun 10 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi nazarda tutilgan. Shu bilan birga, yetkazilgan zarar qoplanganda jazo yengillashtirilishi mumkinligi qayd etildi.

 

Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика