1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

O'zbekistonda talabalar kontrakt to‘lovini ish beruvchi hisobidan qoplash tartibi joriy etildi

Talabalar va ish beruvchilar o‘rtasida uch tomonlama shartnoma asosida hamkorlik yo‘lga qo‘yildi.

O'zbekistonda talabalar kontrakt to‘lovini ish beruvchi hisobidan qoplash tartibi joriy etildi

 

Hukumat qarori bilan “Oliy ta’lim tashkilotlari talabalarining buyurtmachilar bilan hamkorligini tashkil etish tartibi to‘g‘risida”gi nizom tasdiqlandi. Bu haqda Adliya vazirligi ma’lum qildi.

 

Mazkur nizom bakalavriat yo‘nalishida 2-kurs va undan yuqori bosqichda tahsil olayotgan talabalarning kontrakt to‘lovlarini ish beruvchilar tomonidan qoplab berish, shuningdek, ta’lim yakunlangach ularni ishga qabul qilish tartibini belgilaydi.

 

Nizomga muvofiq, oliy ta’lim tashkilotlari, talabalar va buyurtmachi o‘rtasida uch tomonlama shartnoma tuziladi. Buyurtmachi sifatida xodimlar soni kamida 50 nafar bo‘lgan yoki qiymati kamida 1 million AQSh dollari miqdoridagi investitsiya loyihalariga ega vazirliklar, idoralar va tashkilotlar ishtirok etishi mumkin.

 

Talabalar har yili 20-sentabrga qadar saralashda ishtirok etish uchun oliy ta’lim tashkilotiga elektron ariza topshiradi hamda o‘zlashtirish ko‘rsatkichlari (GPA) to‘g‘risidagi ma’lumotnomani ilova qiladi. Ariza topshiruvchi talabgorlarning joriy o‘quv yilidagi GPA ko‘rsatkichi kamida 3,0 bo‘lishi lozim.

 

Tanlov komissiyasi har yili 15-oktabrga qadar talabgorlarni suhbat asosida saralab oladi. Saralash jarayonida buyurtmachi vakilining xulosasi asosiy mezon hisoblanadi.

 

Uch tomonlama shartnoma tuzgan va ta’limni muvaffaqiyatli yakunlagan talabalar o‘qishni bitirgach, buyurtmachi tomonidan belgilangan tartibda ishga qabul qilinadi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика