O‘zbekistonda yer qimirladi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi Seysmoprognostik monitoring markazi xabar berdi.
Qayd etilishicha, O‘zbekiston Respublikasi hududida mahalliy vaqt bilan 18:08 da zilzila sodir bo‘lgan. Epitsentr: Qashqadaryo viloyati, Mirishkor tumani. Zilzila koordinatalari: 38,75 gradus shimoliy kenglik; 64,9 gradus sharqiy uzunlik. Magnituda M=3,8. Chuqurlik 15 km. Zilzila epitsentri Toshkentdan 462 km janubiy-g‘arbda joylashgan.


