O‘zbekistonning oltin-valyuta zaxiralari 2025-yilning dekabr boshida rekord darajaga erishdi. 1-dekabr holatiga ko‘ra, xalqaro aktivlarning umumiy qiymati 61,2 milliard dollarni tashkil etdi, deb xabar beradi Markaziy bank.
Oy davomida zaxiralar 1,89 milliard dollarga ko‘payib, 3,2 foizga o‘sgan.
Yil boshidan buyon o‘sish deyarli ikki barobarga – 48,49 foizga yetgan.
Qimmatbaho metallar zaxirasi 12,2 million troy untsiyaga (379,4 tonna) oshdi. Markaziy bank noyabr oyida zaxiralarni 0,3 million untsiya (9,3 tonna)ga ko‘paytirdi.
Valyuta zaxiralari esa 1 milliardga kamayib, hozir 9,8 milliard dollarni tashkil qilmoqda. Shundan:
- 979,4 million dollar xorijiy markaziy banklar va Xalqaro valyuta jamg‘armasidagi hisoblarda,
- 7,3 milliard dollar boshqa xorijiy kredit tashkilotlaridagi hisoblarda saqlanmoqda.
Shuningdek, noyabr oyida Markaziy bank 1,5 milliard so‘mlik xorijiy qimmatli qog‘ozlarni sotib oldi, bu o‘tgan oyga nisbatan 503,3 million so‘mga ko‘p.


