1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Sport

Paralimpiyachilar har biri 100 million so‘m mukofot bilan taqdirlandi

Toshkent viloyati Bo‘stonlik tumanida joylashgan so‘lim «Bildirsoy» oromgohida navbatdagi o‘quv-mashg‘ulot yig‘inini o‘tkazayotgan Tokio-2020 yozgi Paralimpiya o‘yinlariga litsenziyalarni qo‘lga kiritgan para dzyudo hamda para pauerliftingchilar va ularning trenerlari taqdirlandi.

Paralimpiyachilar har biri 100 million so‘m  mukofot bilan taqdirlandi

Marosimda O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi raisi Rustam Shoabdurahmonov hamda O‘zbekiston Milliy paralimpiya qo‘mitasi raisi Muxtorxon Toshxo‘jayev ishtirok etdi. Unda yozgi Paralimpiya o‘yinlariga litsenziya qo‘lga kiritgan sportchilarga 100 million so‘m, ularning trenerlariga 50 million so‘m miqdorida bir martalik pul mukofotlari sertifikatlari topshirildi.

Tokio-2020 Paralimpiya o‘yinlariga yo‘llanma olgan para dzyudochilar:

Erkaklar:

-60 kg: Sherzod Namozov,

-66 kg: Uchqun Quronboyev,

-73 kg: Feruz Sayidov,

-81 kg: Dovurxon Karomatov,

-90 kg: Shuhrat Boboyev,

-100 kg: Sharif Xalilov,

+100 kg: Shirin Sharipov,

Ayollar:

-48 kg: Lobar Xurramova,

-52 kg: Sevinch Salayeva,

-58 kg: Parvina Samandarova,

-63 kg: Nafisa Sheripboyeva,

-70 kg: Vasila Aliboyeva.

Paralimpiyaga yo‘llanma olgan para pauerliftingchilar:

-61 kg: Ro‘za Qo‘ziyeva,

-88 kg: Farhod Umrzoqov,

-107 kg: Nuriddin Davlatov

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика