AQSH rasmiysining aytishicha, Mudofaa vaziri Lloyd Ostin AQSHning ikki harbiy qo‘mondoni tavsiyalaridan so‘ng shunday qarorga kelgan.
Maʼlumot uchun, AQSH qo‘shinlari 25 sentyabr kuni Kobul xalqaro aeroporti yaqinidagi tinch aholi uyiga havo hujumi uyushtirgan va unda yetti nafar bola va yana o‘nlab tinch aholi vakillari halok bo‘lgan.
O‘sha paytda Qo‘shma Shtatlar dunyohamjamiyatiga ISHID boshpanasiga hujum qilganini aytgan edi. Biroq manbaning yozishicha, keyinchalik AQSH hukumati hujum qurbonlari tinch aholi ekanligi tan olgan.
AQSH Mudofaa vazirligi qurbonlarning aybi yo‘qligini ham tasdiqlagan va sodir etilgan holatni “qayg‘uli fojia” deb atagan.
Avvalroq Pentagon Afg‘onistondagi vaziyatni baholagani hamda Baydenning maslahatchisi AQSH nima uchun Afg‘onistonni tark etganini maʼlum qilgani haqida xabar berilgandi.
Olamgir Abdiyev


