1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Pokistonda musson yomg‘irlari natijasida halok bo‘lganlar soni 660 nafarga yetdi

Ofat natijasida 2,500 bino vayron bo‘lgan va 30,000 odam evakuatsiya qilinib, vaqtincha boshpanalarga joylashtirildi.

Pokistonda musson yomg‘irlari natijasida halok bo‘lganlar soni 660 nafarga yetdi

Pokiston Milliy tabiiy ofatlarga qarshi kurash boshqarmasining rasmiy bayonotiga ko‘ra, iyun oyining oxirida boshlangan musson yomg‘irlari oqibatida 660 nafar fuqaro halok bo‘lgan, 929 kishi turli darajada jarohat olgan.

 

Qayd etilishicha, tabiiy ofat oqibatida qariyb 2,500 ta bino butkul vayron bo‘lgan, 30 mingdan ortiq fuqaro xavfsiz hududlarga evakuatsiya qilinib, vaqtinchalik boshpanalarga joylashtirilgan. Chorvachilik va dehqonchilikka sezilarli darajada zarar yetgan.

 

Ma’lumotlarga ko‘ra, eng ko‘p qurbonlar mamlakat shimoli-g‘arbidagi Xayber-Paxtunxva provinsiyasida qayd etilgan. Ushbu hududda 392 kishi halok bo‘lgan.

 

Pokiston hukumati va favqulodda xizmatlari tomonidan qutqaruv va yordam ishlari davom ettirilmoqda. Aholiga zarur yordam ko‘rsatish, vayron bo‘lgan infratuzilmani tiklash va ofat oqibatlarini bartaraf etish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика