Pokistonning shimoli-g‘arbiy hududlarida kechayotgan kuchli musson yomg‘irlari va ular natijasida yuzaga kelgan suv toshqinlari oqibatida halok bo‘lganlar soni 300 nafardan oshdi. Mahalliy hokimiyatlarning so‘nggi ma’lumotlariga ko‘ra, qurbonlar soni kamida 321 nafarni tashkil etmoqda.
Eng ko‘p talafotlar Xayber Pahtunxva viloyatida qayd etilgan. Xususan, Buner tumanida 184 kishi, Shangla tumanida esa 34 kishi halok bo‘lgani ma’lum qilindi. Kuchli yog‘ingarchilik tufayli ko‘plab uy-joylar, yo‘llar va infratuzilma jiddiy zarar ko‘rgan.
Shuningdek, qutqaruv amaliyoti davomida qatnashgan vertolyot halokatga uchrab, bortdagi besh ekipaj a’zosi hayotdan ko‘z yumdi. Hukumat favqulodda yig‘ilish o‘tkazib, aholiga yordam ko‘rsatish va tiklash ishlari uchun qo‘shimcha mablag‘ ajratdi.
Pokiston meteorologiya xizmati yomg‘irlar 21-avgustgacha davom etishi mumkinligini ogohlantirib, aholiga ehtiyot choralarini ko‘rishni tavsiya qilmoqda.


