1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Toshkentda erkak ayoli bilan janjal sabab o‘zini 10-qavatdan tashlab halok bo‘ldi

Zamon.uz voqea tafsilotlarini o‘rgandi.

Toshkentda erkak ayoli bilan janjal sabab o‘zini 10-qavatdan tashlab halok bo‘ldi

Toshkent shahrining Olmazor tumanida erkak o‘zini 10-qavatdan tashlab, joniga qasd qildi. Bu haqida Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov Zamon.uz‘ga maʼlum qildi.

 

Qayd etilishicha, holat Olmazor tumanidagi “Olmazor City” turar joy majmuasida yuz bergan.

 

Hozirda holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda. Natijasi haqida qonuniy qaror qabul kilinishi bildirilgan.

 

Zamon.uz‘ning aniqlashicha, asli qaraqalpog‘istonlik bo‘lgan erkak turmush o‘rtog‘i bilan janjallashib qolishi natijasida o‘zini yuqori qavatdan tashlagan.

 

Eslatib o‘tamiz, bundan bir oy avval ham “Olmazor City” turarjoy majmuasida ayol rashk tufayli ikki farzandini 4-qavatdan, o‘zini esa 8-qavatdan tashlab yuborgandi. Hodisa oqibatida ayol vafot etgan, bolalarning hayoti esa saqlab qolingan.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика