
Ayni vaqtda Oliy Majlis Senatining yangi binosida Prezidentlikka saylangan Shavkat Mirziyoyevning inauguratsiya marosimi bo‘lib o‘tmoqda.
"Yurtimizda ekologik tahdidlarning salbiy taʼsiri ortib bormoqda. Buni kuni kecha sodir bo‘lgan qum bo‘ronlari ham yana bir bor tasdiqladi. Orol dengizining qurishi bilan bog‘liq vaziyat tobora keskin tus olmoqda.
Shu borada biz Orolbo‘yini ekologik innovatsiyalar va texnologiyalar hududi sifatida eʼlon qilish bo‘yicha Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining rezolyutsiyasini hayotga tatbiq etishga doir tizimli va kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirishimiz lozim.
Shuningdek, Birlashgan Millatlar Tashkilotining yangi ekologik siyosati asoslarini tashkil etishga qaratilgan Butunjahon ekologiya xartiyasini ishlab chiqish borasidagi faoliyatimizni jadallashtirish kerak", — dedi davlatimiz rahbari.
Eslatib o‘tamiz, Shavkat Mirziyoyev qonuniy faoliyat yuritayotgan barcha jurnalist va blogerlar bundan buyon ham qonun va Prezident himoyasida hamda "quruq va yolg‘on gaplar, tagi puch raqamlar – bu faqat o‘zimizni aldash bo‘ladi", deya taʼkidlagandi.
Avvalroq Shavkat Mirziyoyev 2025 yilgacha oliy toifali o‘qituvchi va shifokorlar oyligi 1000 dollar bo‘lishi, O‘zbekiston Prezidenti sifatida qasamyod qilgani hamda inauguratsiyasi sanasi maʼlum bo‘lgani haqida xabar berilgandi.


