Rossiya prezidenti Vladivostokdagi Sharqiy iqtisodiy forum doirasida Serbiya bosh vaziri o‘rinbosari Aleksandr Vulin bilan uchrashuvda shu mavzuni ko‘tardi. Amaldagi gaz yetkazib berish shartnomasi muddati 2025 yilda tugaydi.
Vladimir Putin, shuningdek, sanoat va transport sohasidagi hamkorlikni rivojlantirish istagini bildirdi va Moskva Serbiya prezidenti Aleksandr Vuchichga BRIKS davlatlari rahbarlarining Qozondagi uchrashuviga taklifnoma yuborganini aytdi.
O‘z navbatida, Aleksandr Vulin Serbiya "Rossiyaning strategik hamkori" ekani va u "G‘arb bosimiga qaramay" hech qachon NATOga aʼzo bo‘lmasligini va Rossiya Federatsiyasiga qarshi hech qachon sanksiyalar qo‘llamasligini taʼkidladi.


