1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Putinning maxsus vakili Afg‘onistonni tiklashda asosiy yordamni qaysi davlat ko‘rsаtishi shartligini maʼlum qildi

AQSH va uning ittifoqchilari Afg‘onistonni tiklash bo‘yicha xarajatlarning asosiy qismini o‘z zimmasiga olishi zarur. Bu haqda RF Prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili Zamir Kabulov maʼlum qildi.

Putinning maxsus vakili Afg‘onistonni tiklashda asosiy yordamni qaysi davlat ko‘rsаtishi shartligini maʼlum qildi

 

 

"AQSH va ittifoqchilarda o‘zlarining Afg‘onistondagi ishtiroki oqibatlarini bartaraf etish uchun yaxshi imkoniyat bor. Buning uchun ular mamlakat tiklanishi va gumanitar yordam uchun zarur xarajatlarning asosiy qismini o‘z zimmasiga olishi zarur", — degan Kabulov.

 

Bundan avval Rossiya tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili Mariya Zaxarova ham Afg‘onistonga asosiy yordamni AQSH berishi zarurligini aytgan. Rossiya va boshqa bir qator davlatlar Afg‘onistondagi mavjud vaziyatda Vashingtonni asosiy aybdor sifatida  ko‘rsatmoqda.

 

Bundan avval O‘zbekiston tashqi ishlar vazirligi AQSH davlat departamenti bilan Afg‘oniston masalasini muhokama qilgani hamda Kobulda portlash sodir etilgani  xabar qilingandi.

 

 

Jahongir Qo'ziyev

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика