Qashqadaryo viloyatida 27 yoshli fuqaro shifoxonada vafot etdi. Viloyat Sog‘liqni saqlash boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, O.S. 1988-yil 12-mayda tug‘ilgan bo‘lib, 2025 yil 9–11 avgust kunlari Yakkabog‘ tuman tibbiyot birlashmasi Reabilitatsiya bo‘limida davolangan. Bemor burundan qon ketishi, tanadagi toshmalar va holsizlik shikoyati bilan murojaat qilgan.
Shifokorlar va mutaxassislar maslahatiga asoslanib unga idiopatik trombositopenik purpura tashxisi qo‘yilgan va viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining gematologiya bo‘limida davolanish tavsiya qilingan.
Bemor 11-avgust kuni yaqinlari tomonidan vaqtincha uyiga olib ketilgan, lekin kechqurun qayta tibbiy ko‘rikdan o‘tgan. 12-avgust tongda o‘z xohishi va qarindoshlari tashabbusi bilan viloyat shifoxonasiga olib kelingan. Bemor shifoxonaga yetib kelganida barcha zarur tibbiy yordam ko‘rsatilgan.
Holat yuzasidan huquqni muhofaza qiluvchi organlar tekshiruv olib bormoqda.


