Ijtimoiy tarmoqlarda e’lon qilingan murojaatda Koson tumani tibbiyot birlashmasi xodimlari bog‘da majburan ishlatilganligi, ulardan gul uchun pul yig‘ilganligi qayd etilgan.
Viloyat SSBning xabar qilishicha, holat tuman tibbiyot birlashmasi va hududdagi davlat mehnat huquq inspeksiyasi mutaxassislari tomonidan o‘rganilgan.
Aniqlanishicha, birlashmaning diagnostika bo‘limi old tomonidagi yer uchastkasida 2022 yil 12 aprel kuni mazkur bo‘lim boshlig‘i tomonidan bo‘lim ishchi-xodimlari obodonlashtirish ishlariga jalb qilingan.
Mazkur holat yuzasidan bo‘lim boshlig‘iga nisbatan qonunda belgilangan tartibda chora ko‘rilgan.
O‘rganishlarda gul ko‘chatlari uchun pul yig‘ilgani haqidagi ma’lumotlar tasdiqlanmagan.