1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Qashqadaryoda “Damas” voyaga yetmagan bolani urib yubordi

Hodisa oqibatida bola shifoxonaga yotqizilgan.

Qashqadaryoda “Damas” voyaga yetmagan bolani urib yubordi

 

Viloyat IIBning xabar qilishicha, 4-mart kuni Chiroqchi tumani “Istiqlol” mahallasida yashovchi fuqaro boshqaruvidagi “Damas” rusumli avtomashina ishtirokida YTH sodir bo‘lgan. 

 

Haydovchi mashinani “Qarshi-Chim-Chiroqchi-Shahrisabz” yo‘lining Chiroqchi tumani Dam qishlog‘i hududidan boshqarib borib, yo‘lni o‘ng tomonidan chap tomoniga piyoda kesib o‘tayotgan voyaga yetmagan bolani urib yuborgan. Natijada u tan jarohati olib shifoxonaga yotqizilgan.

 

Hozirda mazkur holat yuzasidan tergovga qadar surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика