Avvalroq Qashqadaryo viloyatida 37 yoshli erkak o‘zini osib qo‘yganligi haqida xabar berilgandi. Holat yuzasidan Bosh prokuror matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov rasmiy izoh berdi.
Qayd etilishicha, 13-aprel kuni Gʻuzor tumani “Sovbog‘” qishlog‘ida yashagan 1985-yilda tug‘ilgan erkak (oilali, 3 nafar farzandi bor, mahalla fuqarolar yig‘inida yoshlar yetakchisi bo‘lib ishlagan) qo‘shnisining yashamaydigan xonadonida o‘zini-o‘zi osib, vafot etgan.
Tekshirish davomida marhum oxirgi vaqtlarda ko‘p spirtli ichimlik iste’mol qilishi oqibatida ruhiyatida o‘zgarish bo‘lganligi aniqlangan.
Marhumning o‘lim sababiga aniqlik kiritish maqsadida sud-tibbiy ekspertizasi tayinlangan.
Hozirda holat bo‘yicha Gʻo‘zor tumani prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakati olib borilmoqda.


