1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Eng dolzarb

Qashqadaryodagilarni yashin urdi: qurbonlar bor

Dehqonobod tumanida 3 nafar fuqaroni yashin urishi oqibatida jabrlandi, bir nafari vafot etdi.

Qashqadaryodagilarni yashin urdi: qurbonlar bor

 

Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar bermoqda.

 

Aniqlanishicha, 9 mart kuni soat 11:45 da tumanning Otkamar MFYda noqulay ob-havo sharoiti oqibatida 3 nafar fuqaroni yashin urgan.

 

Ularning biri vafot etgan, ikki fuqaroning biriga tibbiy yordam ko‘rsatilib, ambulator davolanishga ruxsat berilgan. Ikkinchi fuqaroga tuman tibbiyot birlashmasida malakali tibbiy yordam ko‘rsatilmoqda.

 

"O‘z navbatida, fuqarolarimizdan noqulay ob-havo sharoitida xavfsizlik choralariga amal qilishni so‘rab qolamiz", — deyiladi xabarda.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика