1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Eng dolzarb

Toshkent shahrida mart oyidagi yog‘gan yog‘in tarixiy rekordni yangilashi mumkin

O‘tgan asr ham, undan oldingi asrning oxirlarida ham poytaxtda mart oyida 184 mm dan ko‘p yog‘ingarchilik bo‘lmagan.

Toshkent shahrida mart oyidagi yog‘gan yog‘in tarixiy rekordni yangilashi mumkin

 

Toshkent shahrida kuzatuvlar 1870-yilda boshlangan. Mana 152 yildirki shaharda, muntazam hech qanday uzilishlarsiz meteorologik kuzatuvlar amalga oshmoqda.

 

Yoshi kattalar juda yaxshi eslashadi, 1968-1969 yilning qish mavsumi O‘zbekistonda juda sovuq va ko‘p qorli bo‘lgan. Shu bilan birgalikda 1969 yil mart oyida yog‘inlar ham favqulodda ko‘p yog‘gan.

Bir oy davomida umumiy yog‘in 184 mm bo‘lgan. Bu, poytaxtda bahor mavsumi boshidagi oy uchun kuzatuvlar tarixida eng ko‘p yog‘in yog‘gan ko‘rsatgichdir.

 

Mart oyida o‘rtacha yog‘ingarchilik oy davomida 70.2 mm yog‘adi. Hozirning o‘zida poytaxtda 168 mm yog‘in yog‘ib bo‘ldi. Bu, Toshkentda bir yilda yog‘ishi kerak bo‘lgan yog‘inning 37% idir. Oydagi meʼyoriy o‘rtacha qiymatning esa 240 %idir.

O‘zgidromet tomonidan yog‘inlar poytaxtda 25 martga o‘tar kechasi, 26 va 27 mart kunlari yog‘ishi prognoz qilinmoqda.

 Ishonchli iqlimi modellari bu davr uchun poytaxtda yana umumiy 16 mm ga yaqin yog‘in yog‘ishini prognoz qilgan. Balki, ushbu oy oxirida poytaxtda tarixiy rekord yog‘ingarchilik kuzatilishiga guvoh bo‘larmiz.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика