Qirg‘izistonda qayta ishlangan qog‘oz va karton (makulatura va chiqindilar), yog‘och va yog‘och mahsulotlarini Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi bojxona hududidan tashqariga olib chiqishga vaqtinchalik taqiq joriy etildi.
Qaror mamlakat ichki bozorida xomashyo tanqisligining keskin oldini olish, shuningdek, ishlab chiqarishni rag‘batlantirish va tayyor mahsulot eksportini ko‘paytirish maqsadida qabul qilindi.
Taqiq olti oy muddatga joriy etildi.