Menzelinskda L-410 engil samolyoti qulashi oqibatida kamida 15 kishi halok bo‘ldi. Samolyot bortida jami 22 kishi bo‘lgan.
Samolyot bortida 20 nafar parashyutchi va ikkita ekipaj aʼzosi bo‘lgan. 7 kishi qutqarildi, 15 kishi hayot alomatlari bo‘lmagan holda olib chiqildi,
- deyiladi Favqulodda vaziyatlar vazirli bergan xabarda.
Tatariston Sog‘liqni saqlash vazirligi maʼlumotlariga ko‘ra, barcha jabrlanganlar kasalxonaga olib ketilgan, ulardan birining ahvoli og‘ir.
Halokat zonasida 50 dan ortiq odam va 17 ta texnika ish olib bormoqda.


