1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Qirg‘iziston poytaxti Manas shahriga ko‘chirilishi mumkin

2026-yilda Manasga respublika ahamiyatidagi shahar maqomi berilishi rejalashtirilgan.

Qirg‘iziston poytaxti Manas shahriga ko‘chirilishi mumkin

Qirg‘iziston hukumati mamlakat poytaxtini ko‘chirish masalasini yana kun tartibiga chiqardi. Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi raisi Qamchibek Tashiev bu boradagi taklifni rad etmadi va kelgusida Manas shahri davlatning yangi ma’muriy markaziga aylanishi mumkinligini bildirdi.

 

Tashievning so‘zlariga ko‘ra, 2026-yilda Manasga respublika ahamiyatidagi uchinchi shahar maqomi berilishi rejalashtirilgan. U bu tashabbusni mamlakatning strategik rivojlanishi uchun muhim qadam sifatida baholadi.

 

“Ko‘pchilik ‘Manas poytaxt bo‘ladi’ degan fikrni ilgari surmoqda. Agar bunga tayyor bo‘lsak, nega yo‘q? Ammo bu faqat nom emas — bu katta mas’uliyat. Shahar va xalq bunga iqtisodiy, infratuzilmaviy va ma’naviy jihatdan tayyor bo‘lishi kerak,” — dedi Tashiev.

 

So‘nggi oylar davomida Manasda yirik qurilish va infratuzilma loyihalari amalga oshirilmoqda. Yangi ma’muriy binolar, yo‘llar va ijtimoiy obyektlar barpo etilmoqda.

 

Ma’lumki, joriy yilning 17-sentabr kuni Jalolobod shahri nomi rasman Manas deb o‘zgartirilgan, bu o‘zgarish mamlakatda yangi bosqich va milliy birlik ramzi sifatida qabul qilingan edi.

 

Mutaxassislar fikricha, agar Manas poytaxt maqomini olsa, bu Qirg‘izistonning iqtisodiy va siyosiy markazini qayta shakllantirishi hamda davlat boshqaruv tizimiga yangi imkoniyatlar yaratishi mumkin.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика