24-sentyabr kuni Qirg‘izistonda yirik korrupsion sxemaga aloqador amaldorlar olindi . Ularning barchasi Davlat Milliy xavfsizlik qo‘mitasi rahbari Qamchibek Tashiyev bilan uchrashuvga taklif qilinib, qo‘llariga kishan solingan holda olib chiqilgan.
Razvedka agentligi maʼlumotlariga ko‘ra, ushbu sxemaga davlat soliq xizmati xodimlari, chegara xizmati xodimlari, veterinariya va fitosanitariya xavfsizligi davlat inspeksiyasi xodimlari hamda Qirg‘iziston Respublikasi Transport va kommunikatsiyalar vazirligi huzuridagi Og‘irlik va o‘lchovlar nazorati davlat inspeksiyasi xodimlari jalb qilingan.
Ular Chuy viloyatidagi “Chaldovar-Avtodorojniy” nazorat-o‘tkazish punkti orqali YEOII davlatlaridan noqonuniy ravishda tovarlar olib kirish sxemasini uyushtirgan. Buni amalga oshirish uchun ular turli kompaniyalardan foydalanib, soxta hujjatlarni tayyorlashgan.
Ushbu xizmat evaziga vositachilarga har bir yuk mashinasi uchun 1500 dan 2000 dollargacha to‘lashgan. Noqonuniy yig‘imlar kuniga 80 ming so‘mga yetgan. Davlat budjetiga yetkazilgan zarar millionlab somlarda baholanmoqda.
24 sentyabr kuni bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi raisi aybdorlarni zudlik bilan ishdan bo‘shatish va barcha aloqador shaxslarni, shuningdek, sxemaga aloqador shaxslarning mol-mulkini xatlash haqida ko‘rsatma bergan.
Tashiyev, shuningdek, boshqa nazorat-o‘tkazish punktlarida, jumladan, “Ak-Jol” va “Ak-Tilek”da ham korrupsiya saqlanib qolganini taʼkidladi. U mamlakat bo‘ylab barcha chegara o‘tish punktlarida xuddi shunday tekshiruv o‘tkazishni buyurdi.


