Qashqadaryo viloyat IIB xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor tadbirlar natijasida qidiruvdagi shaxs Toshkent shahrida qo‘lga olindi. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar berdi.
Maʼlum bo‘lishicha, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 184-moddasi 3-qismida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etgan. U Qarshi shahar IIO FMB tomonidan qidiruvda bo‘lib, Koson tumani “Obidiyda” MFYda yashovchi D.T qonundan qochib qutulmoqchi bo‘ldi.
Endi u bir emas ikkita holat bo‘yicha javob berishiga to‘g‘ri keladi.
Eslatib o‘tamiz, qidiruvda bo‘lgan qashqadaryolik shaxs Sankt-Peterburgda qo‘lga olingandi.
Avvalroq Buxoroda qidiruvda bo‘lgan shaxs ayeroportda ushlangani hamda Toshkentda qidiruvda bo‘lgan haydovchi YPXdan qochayotganida inspektor va piyodani urib yuborgani haqida xabar berilgandi.


