1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Qozog‘istonda qor yog‘ishi kutilmoqda

Harorat 10 darajagacha sovib ketishi mumkin.

Qozog‘istonda qor yog‘ishi kutilmoqda

Qozog‘iston 12—14 oktyabr kunlari Arktika havo oqimining markazida qoladi, mamlakatning katta qismida qor yog‘ishi kutilmoqda.

 

Respublika markazi va sharqida ko‘rish masofasi yomonlashishi, qor yog‘ishi va yo‘llarda muzlash holati kuzatilishi prognoz qilingan. Janubi va janubi-sharqda yomg‘ir yog‘ishi, tog‘li hududlarda esa qor aralash yog‘ingarchilik kuzatilishini mumkin.

 

Shuningdek, respublika bo‘ylab shamol kuchayishi, tunda va ertalab tuman tushishi prognoz qilingan. Faqatgina Qozog‘istonning g‘arbiy qismida antitsiklon taʼsirida havo kam bulutli bo‘ladi, biroq tunda harorat -5, -10 darajagacha pasayadi.

 

Qolgan hududlarda tunda harorat -2 va -10 darajagacha soviydi, janubiy hududlarda esa tunda 5, 10 daraja iliq bo‘lishi kutilmoqda. Qozog‘iston shimolidagi Petropavlovsk shahrida esa allaqachon qor yog‘gan.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика