Joriy yilning 4-10 avgust kunlari Toshkent RFB orqali Ravnak bank aksiyalari bilan umumiy summasi 157,3 mlrd so‘mlik savdolar amalga oshirildi. Jumladan, 2023 yil 10 avgustdagi bitimlar natijasida bankning qo‘shimcha chiqarilgan 100,0 mlrd sumlik aksiyalari to‘liq joylashtirildi va bank ustav kapitali 200,0 mlrd so‘mga yetkazildi.
Amalga oshirilgan bitimlar natijasida Iskandar Baxtinurovich Tursunov bank ustav kapitalidagi ulushini 88,62 foizga yetkazib, bank nazorat paketini qo‘lga kiritdi.
Iskandar Tursunov 2000 yildan buyon bank sohasi mutaxassisi bo‘lgan, 2012 yildan beri "Ravnaq bank" AJ boshqaruvi raisi lavozimida ishlab kelmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Sarvar Fayziyev 2021 yil yanvar oyida "Ravnaq bank" AJ aksiyalarining 52,15 foiziga egalik qila boshlagan edi.


