Ravshan Ermatov FIFA qo‘mitasiga rais o‘rinbosari etib tayinlandi. Bu haqida O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi xabar bermoqda.
FIFA Kengashining qaroriga ko‘ra, O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi birinchi vitse-prezidenti Ravshan Ermatov 2025–2029 yillar uchun ushbu qo‘mitaning rais o‘rinbosari etib tayinlandi. Qo‘mitaga FIFAning Futbol texnologiyalari bo‘yicha direktori Yohannes Holzmueller rahbarlik qiladi.
Shuningdek, O‘FA Bosh kotibi Avaz Maksumov Sohil futboli qo‘mitasiga, O‘FA ayollar futbolini rivojlantirish bo‘limi boshlig‘i Yuliya Panina Ayollar milliy terma jamoalari o‘rtasidagi musobaqalar qo‘mitasiga tayinlandi.
Maʼlumot uchun, qo‘mita VAR, golni aniqlash texnologiyasi, yarimavtomatik ofsayd tizimi, raqamli monitoring, sunʼiy intellekt kabi innovatsion yechimlarni rivojlantirish, sinovdan o‘tkazish va futbolga joriy etish ustida ish olib boradi.


