Rossiya dronlar ishlab chiqarish “imperiya”sini yaratdi. Bu haqida The New York Times nashri xabar bermoqda.
“Hozirda Rossiya harbiy korxonalari yiliga taxminan 30 ming dona dron ishlab chiqarishga qodir. 2026 yilda bu ko‘rsatkich ikki baravar oshishi mumkin”, deb yozadi nashr.
Maʼlumotlarga ko‘ra, 2025 yil boshidan beri Rossiya qo‘shinlari Ukrainaga hujumlarda 34 mingdan ortiq zarbali va chalg‘ituvchi dronlardan foydalangan. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilga nisbatan to‘qqiz barobar ko‘pdir.
“Dronlarning ommaviy ishlab chiqarilishi Ukraina uchun jiddiy muammo bo‘lib qolmoqda va uning ilgari mavjud bo‘lgan ustunligini sezilarli darajada kamaytirdi”, deyiladi maqolada.


