1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Rossiya Kursk yaqinida keng ko‘lamli qarshi hujum boshladi

Bitta tumanda Ukraina qo‘shinlari deyarli butunlay siqib chiqarildi.

Rossiya Kursk yaqinida keng ko‘lamli qarshi hujum boshladi

Rus Telegram kanallari Rossiya Federatsiyasining Korenevskiy, Sudjanskiy va Glushkovskiy tumanlarida faol hujumi haqida yozmoqda. Xususan, Mudofaa vazirligiga yaqin bo‘lgan “Ribar” Telegram kanalining taʼkidlashicha, Rossiya armiyasi bo‘linmalari Glushkovskiy tumanidan Ukraina qo‘shinlarini deyarli butunlay siqib chiqargan.

 

Deepstate loyihasining yozishicha, Ukraina qurolli kuchlari 10 oktyabr kuni Korenevskiy tumanida 38 kvadrat kilometrdan ortiq maydonni yo‘qotgan.

 

"Xulosa qilib aytadigan bo‘lsak, Kursk viloyatida Rossiya armiyasining yangi ommaviy qarshi hujumi boshlandi", — deydi mustaqil harbiy tahlilchi Yan Matveyev.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика