1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

O‘zbekistonlik migrant kaltaklab o‘ldirilgani yuzasidan O‘zbekiston TIV Rossiya tomoniga rasmiy nota yubordi

Fuqaroning jasadini O‘zbekistonga qaytarish bo‘yicha tegishli tashkiliy ishlar olib borilayotgani ma’lum qilindi.

O‘zbekistonlik migrant kaltaklab o‘ldirilgani yuzasidan O‘zbekiston TIV Rossiya tomoniga rasmiy nota yubordi

 


Rossiyada o‘zbekistonlik migrant “OMON” xodimlari tomonidan kaltaklab o‘ldirilgani haqidagi xabarlar yuzasidan O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi Rossiya tomoniga rasmiy nota yubordi. Qayd etilishicha, holat Rossiya Federatsiyasining Xabarovsk shahrida sodir bo‘lgan bo‘lib, voqea O‘zbekistonning Vladivostokdagi Bosh konsulxonasi va Migratsiya agentligi tomonidan nazoratga olingan.


Bosh konsulxona marhumning yaqinlari bilan doimiy aloqada bo‘lib, ularga zarur konsullik va amaliy yordam ko‘rsatmoqda. Shuningdek, fuqaroning jasadini O‘zbekistonga qaytarish bo‘yicha tegishli tashkiliy ishlar olib borilayotgani ma’lum qilindi.


Hodisa yuzasidan O‘zbekiston Bosh konsulxonasi Xabarovsk o‘lkasi prokuraturasi, Tergov boshqarmasi hamda Rossiya TIVning hududiy vakolatxonasiga notalar yuborib, holatni xolis va qonuniy tarzda o‘rganishni so‘radi. Ayni paytda fuqaroning vafot sabablari bo‘yicha rasman tasdiqlangan ma’lumot yo‘q, aniq ma’lumotlar kelib tushishi bilan jamoatchilikka qo‘shimcha axborot berilishi bildirilgan.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика