1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Rossiyadagi hibsxonada tug‘ilgan 1 yoshli o‘zbekistonlik qizcha vatanga qaytarildi

Bolaning onasi giyohvandlik vositalarining yirik miqdordagi noqonuniy aylanmasiga aloqadorlikda ayblanib, 9 yil qamalgan.

Rossiyadagi hibsxonada tug‘ilgan 1 yoshli o‘zbekistonlik qizcha vatanga qaytarildi

 

 

Rossiyaning Saxa Respublikasi (Yakutiya) hududidagi oilaviy tarbiyaga ko‘maklashish markazida yashab kelgan 1 yoshli O‘zbekiston fuqarosi bo‘lgan qizcha vatanga qaytarildi. Bu haqda “Dunyo” axborot agentligi xabar berdi.

 

Ma’lum qilinishicha, bolaning onasi Saxada mehnat faoliyati davomida giyohvandlik vositalarining yirik miqdordagi noqonuniy aylanmasiga aloqadorlikda ayblanib, 9 yil muddatga ozodlikdan mahrum etilgan. U jazoni o‘tash vaqtida farzandini dunyoga keltirgan, shundan so‘ng qizaloq davlatning oilaviy tarbiyaga ko‘maklashish markaziga joylashtirilgan.

 

Vaziyatdan xabar topgan bolaning buvisi nabirasini O‘zbekistonga olib ketish maqsadida Saxaga borgan va O‘zbekistonning Vladivostokdagi Bosh konsulxonasiga yordam so‘rab murojaat qilgan. Diplomatik vakolatxona tomonidan zarur hujjatlar rasmiylashtirilib, Rossiya tomoni bilan hamkorlikda bola qonuniy tartibda buvisiga topshirilgan.

 

Yakutiya hududidagi o‘zbek diasporasi faollari ko‘magida buvi va nabira uchun Yakutsk–Novosibirsk–Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha aviachiptalar xarid qilinib, ular muvaffaqiyatli tarzda O‘zbekistonga qaytarildi. Avvalroq ham Rossiyaning boshqa hududlarida og‘ir vaziyatga tushib qolgan o‘zbekistonliklar va ularning farzandlari diplomatik vakolatxonalar yordami bilan vatanga olib kelingandi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика