Joriy yilda Markaziy Rossiyada faoliyat yuritayotgan maktablarda migrant bolalar soni keskin kamaygan. Bunga sabab sifatida ularning rus tili bo‘yicha majburiy imtihondan o‘ta olmagani ko‘rsatilyapti. Aprel oyidan boshlab 1-sinfga kiruvchi bolalar lug‘at va grammatika, yuqori sinf o‘quvchilari esa savodxonlik darajasi bo‘yicha sinovdan o‘tkazilmoqda.
Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, o‘tgan yili Kaluga viloyati maktablariga 250 nafar xorijlik bola qabul qilingan bo‘lsa, bu yil atigi 36 nafar bola imtihondan muvaffaqiyatli o‘tgan. Taqqoslash uchun, bu 2024 yilga nisbatan deyarli 10 barobarga kamdir.
Xuddi shunday vaziyat Voronej viloyatida ham kuzatilmoqda. Bu yil rus tili imtihonidan o‘tgan 16 nafar migrant bolaning yarmi – atigi 8 nafari maktablarga qabul qilingan. O‘tgan yil esa bu viloyatda 200 nafarga yaqin xorijlik o‘quvchi ta’lim muassasalarida o‘qishni boshlagan edi.
Iyun oyidagi umumiy statistikaga ko‘ra, migrant bolalarning atigi 7 foizi rus tili imtihonidan muvaffaqiyatli o‘ta olgan. Mutaxassislar fikricha, bu talab kelajakda migrantlar uchun Rossiyada ta’lim olish imkoniyatlarini yanada cheklab qo‘yishi mumkin.


