1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Iqtisodiyot

Rossiyadagi tartibsizliklar meva narxlarini pasayishiga sabab bo‘ldi

Yaqin kelajakda meva-sabzavot mahsulotlarining ulgurji narxlari O‘zbekistonda ham pasayishni boshlashi kutilmoqda.

Rossiyadagi tartibsizliklar meva narxlarini pasayishiga sabab bo‘ldi

 

Rossiyada 24-iyun kuni yuz bergan tartibsizliklar Turkiya, Eron va mintaqaning boshqa mamlakatlarida meva narxini pasaytirdi. EastFruit tahlilchilarining fikriga ko'ra, Rossiyada 24-iyun kuni sodir bo`lgan voqealar mintaqaning ko'plab mamlakatlarida meva narxining pasayishiga olib keldi.

 

“Rossiya rublining keskin qadrsizlanishi va yo‘llarning to‘silishi mavsumiy mevalarni asosiy bozorga yetkazib berishni imkonsiz qildi. Natijada bugun Gruziya, Armaniston, Ozarbayjon, Eron va Turkiyada shaftoli va nektarin narxi keskin tushib ketdi. Tom ma'noda bir kunda bu mevalarning narxi deyarli ikki baravar arzonlashdi. Narxlarning pasayish tendentsiyasi davom etmoqda", - deydi FAO xalqaro maslahatchisi Fedor Rybalko.

 

Ekspertlarning fikricha, yaqin kelajakda meva-sabzavot mahsulotlarining ulgurji narxlari Markaziy Osiyo mamlakatlarida: O‘zbekiston, Qozog‘iston va Tojikistonda ham keskin pasayishni boshlashi kutilmoqda.

 

Shuningdek, Rossiya bozorida meva narxining tez o'sishi allaqachon qayd etilgan, chunki import qilingan mevalarni to'lash uchun importchilar yangi kurs bo'yicha xorijiy valyutani sotib olishlari kerak va mevalarning o'zi talabni qondirish uchun etarli emas. Sababi tartibsizliklar oqibatida yetkazib berishda muammolar yuzaga kelgan.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика